вторник, 29-Сен-2020, 19:49
FCBARCA.NET
 
Меню сайта

Категории раздела

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 13

Статистика

Сейча на сайте: 2
Гости: 2
Пользователь: 0


18:17

Futboldan tashqari..Eslatma!!!

Futboldan tashqari..Eslatma!!!
​​Joriy yilning 1 aprelidan O‘zbekistonda barcha smartfon va planshetlar IMEI-kodi bo‘yicha BEPUL ro‘yxatga olinayotgani haqida yozganmiz. IMEI-kodi qurilmaning amaldagi modeliga to‘g‘ri kelmagan devayslarning bloklanish muddati kechiktirilganidan ham xabaringiz bor.

Vaqt oz qoldi!
IMEI-kodlarning bepul asosda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari 2019 yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. Bu haqda UZIMEI tizimining rasmiy sayti eslatmoqda:
Shu yilning 1 noyabridan boshlab har qanday mobil qurilmani IMEI-kodi bo‘yicha avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatiladi. Keyin IMEI-kodlarni operatorga murojat etish orqali ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi.

Nima qilish kerak shunda?
Unchalik qiyin emas: telefoningizning har bir SIM-karta uyachalariga ishlab turgan biror SIM-karta joylaysiz va yoqasiz – bo‘ldi! O‘sha SIM-karta mansub bo‘lgan uyali aloqa operatori avtomatik ravishda uni ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘yadi.
Istasangiz, xohlagan telefonning IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatga olinganini tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun har qanday qurilmadan https://uzimei.uz/ saytiga kirib, mana bu joyiga IMEI-kodni kiritasiz, pastidagi 6 raqamli tekshiruv kodini kiritasiz va «Tekshirish» tugmachasini bosasiz:
Telefoningizning IMEI-kodini aniqlash uchun esa unda *#06# kodini terish kifoya – shunda ekranga kod chiqadi. Ikkita SIM-kartali qurilmalarda bu kod ikkita bo‘ladi va ularning har birini yuqoridagi usulda faollashtirishingiz kerak. Shunchaki, ularga faol SIM-karta joylab, telefon yoqilganida, telefon avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi. Uyingizda ishlatilmay turgan ortiqcha telefonlarni ham ichiga SIM-karta joylab, bir yoqib-o‘chirib qo‘yishni tavsiya etamiz.

Buning nimalarga ta’siri bor?
UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan qurilmalarni keyin O‘zbekiston hududida ishlatib bo‘lmaydi – ular bloklanib qoladi. Blokdan chiqarish esa pulli asosda amalga oshiriladi.
Yuqoridagi ishlarning barchasi O‘zbekistonda sotiladigan, import qilinadigan mobil qurilmalarga ham daxldordir. Ya’ni, xorijdan olib kelingan telefonlar va planshetlar ham keyinchalik pulli asosda UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bu esa ularning narxi ham birmuncha oshishiga olib keladi. Shu boisdan biz, agarda smartfon xarid qilish niyatingiz bo‘lsa, buni to 1 noyabrgacha amalga oshirishingizni, so‘ng tezda uni IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishingizni tavsiya etamiz.
Категория: Muhim xabarlar | Просмотров: 113 | Добавит:: -KiNG_DiMA-JR- | Теги: tashqari..Eslatma!!!, Futboldan | Рейтинг: 5.0/3
Все коментарии: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:

Барселона

Поиск по сайта

Календарь

Архив записей