вторник, 29-Сен-2020, 18:04
FCBARCA.NET
 
Меню сайта

Категории раздела

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 13

Статистика

Сейча на сайте: 2
Гости: 2
Пользователь: 0


16:41

El Clasico boshqa kunga qoldirildi

El Clasico boshqa kunga qoldirildi
Joriy yilning 26-oktabr kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan Ispaniya chempionatining 10-turidan oʻrin olgan “Barselona” va “Real” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv boshqa kunga qoldirildi. Bunga sabab qilib shu kunlarda Kataloniyada yuzaga kelgan ommaviy tartibsizliklar koʻrsatilmoqda.

Musobaqalarni oʻtkazish qoʻmitasi xavfsizlik nuqtai nazaridan oʻyinni boshqa kunga koʻchirish haqida qaror qabul qilgan.

Cadena Ser va Sport.es maʼlum qilishicha, “El klasiko” 18-dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Ammo uchrashuvning boshlanish vaqti hozircha nomaʼlum. Sababi 18-dekabr chorshanba, ish kuni hisoblanadi.

As va Mundo Deportivo nashrlari oʻz manbalariga tayangan holda oʻyin 7-dekabr kuni boʻlib oʻtishi haqida xabar qilishmoqda. Ispaniya futbol federatsiyasi oʻyinni 18-dekabr kuni oʻtkazish tarafdori boʻlsa, La liga uchrashuvni 7-dekabr kuni oʻtkazishni taklif qilmoqda.
Категория: Muhim xabarlar | Просмотров: 106 | Добавит:: -KiNG_DiMA-JR- | Теги: Clasico, El, qoldirildi, Boshqa, kunga | Рейтинг: 5.0/6
Все коментарии: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:

Барселона

Поиск по сайта

Календарь

Архив записей