Seshanba, 10-Dek-2019, 21:46
FCBARCA.NET
 
Меню сайта

Категории раздела
Umumiy yangiliklar [2230]
Futbolchilar biografiyasi [5]
Muhim xabarlar [563]

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 12

Статистика

Xozir saytda: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0


02:10

ECHL.3-tur."Barselona" mehmonda g'alaba qozondi

ECHL.3-tur.
Evropa chempionlar ligasi 3-turi doirasida "Barselona" safarda "Slaviya" bilan to'qnash kelishdi.

"Ko'k-anorranglilar" 3-daqiqadayoq hisobni ochishdi: Arturning uzatmasidan keyin Messi to'pni darvozaga burib qo'ydi. Mazkur gol bugungi o'yinda kataloniyaliklar yirik hisobda g'alaba qozonishidan darak berayotgandek edi. Ammo, kutilmaganda, chexiyaliklar nomdor raqibga qarshi juda kuchli o'yin namoyish qila boshlashdi. Masalan, birinchi bo'limning o'zida Mark-Andre ter Shtegen kamida 3ta vaziyatda jamoasini qutqarib qoldi.

Pragaliklarning urinishlari ikkinchi bo'lim boshida samara berdi. Borjilning zarbasini ter Shtegen qaytara olmadi. Oradan 7 daqiqa o'tib ispaniyaliklar hech kim kutmagan joyda gol urib ketishdi. Messi jarima zarbasini amalga oshirdi va Suares o'tkir burchak ostida zarba berdi. To'p rekoshet orqali "Slaviya" darvozasidan o'rin oldi.

Ikkinchi bo'limning aksariya qismida ustunlik "Barsa" tomonida bo'lgan bo'lsa, o'yin so'ngida mezbonlar raqib darvozasi tomon jiddiy bosim o'tkazishdi. Ammo jamoalarga gol urish boshqa nasib qilmadi.

Slaviya Chexiya – Barselona Ispaniya 1:2 (0:1)

Gollar: 0:1 – 3 Messi, 1:1 – 50 Borjil, 1:2 – 57, avtogol Olayinka.

Slaviya – Kolarj, Kudela, Borjil, Tsoufal, Zelenii (Tetsl, 46), Masopust (van Byuren, 76), Stanchu (Gushbauer, 77), Shevchik, Souchek, Govorka, Olayinka.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Langle, Semedu, de Yong, Buskets (Vidal, 78), Artur (Rakitich, 84), Grizmann (Dembele, 69), Suares, Messi.

Ogohlantirishlar: Alba (35), Masopust (56), Borjil (64), Olayinka (71), Shevchik (76), Dembele (90).
Bo'lim: Muhim xabarlar | Просмотров: 18 | Joyladi: -KiNG_DiMA-JR- | Teglar: G'alaba, ECHL.3-tur.Barselona, qozondi, mehmonda | Рейтинг: 5.0/1
Barcha izohlar: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:

Barcelona

Qidirish

Календарь

Архив записей

Top admin
№ 1 - -KiNG_DiMA-JR-
Yangiliklari: 2381
Izohlari: 70
Lavozimi: Admin
№ 2 - Husanjon
Yangiliklari: 435
Izohlari: 114
Lavozimi: Admin
№ 3 - -FCB-KING-ONE-
Yangiliklari: 257
Izohlari: 283
Lavozimi: Aktiv
№ 4 - BEST_ADMIN
Yangiliklari: 42
Izohlari: 131
Lavozimi: Admin
№ 5 - Salih_fcb
Yangiliklari: 29
Izohlari: 66
Lavozimi: Aktiv

Copyright MyCorp © 2019