Shanba, 25-Yan-2020, 10:14
FCBARCA.NET
 
Меню сайта

Категории раздела
Umumiy yangiliklar [2231]
Futbolchilar biografiyasi [5]
Muhim xabarlar [563]

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 12

Статистика

Xozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


16:25

"Barselona"ning qo‘lidan kelmadi, "Real" esa bajara olmadi

Valverde va Zidanning eng yaxshi tanlovi
Ernesto Valverde "El-klasiko"dan oldin Artur hamda Dembelening o‘yinidan umid qila olmas edi, chunki ularning ikkisida ham jarohat bor. Lekin Arturning maydonga tusha olmasligi asosiy muammo bo‘ldi. Arturning maydonga tushmagani 4-3-3 sxemasida markazdan hujumlar tashkil qilishni sustlashtirdi, Artur Messi bilan ajoyib kombinatsiyada o‘ynaydigan futbolchilardan biri.

O‘yin boshlanishidan oldin kataloniya OAVsida Serxio Busketsning tobi yo‘qligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Uning o‘yinga tushishi so‘roq ostida qolayotgandi, o‘yindan keyin esa RAC1 radiostansiyasi u isitmalayotgani, shuning uchun ham uni oxirgi lahzalarda o‘yinga tushirishmagani haqida ma’lumot berdi. Valverde De Yongni Buskets o‘rniga maydonga tushirdi.

"Real"da esa Azar va Marseloning jarohati ularni o‘yinga tushishlariga to‘sqinlik qildi, bundan tashqari Asensio ham uzoq muddatdan beri jarohatdan davolanayapti. Azar Madridda o‘zining eng yomon mavsumini boshdan kechirmoqda, shuning uchun Beyl yoki Iskoning uning o‘rniga tushishi eng yaxshi variant bo‘ldi, qirollik klubi murabbiyi Zinedi Zidan uchun. Ferlan Mendi esa Marseloning o‘rnini bosa oladigan futbolchi ekanligini namoyish eta oldi, maydonda o‘zini ajoyib tutdi, himoyada va hujumda Marselo kabi juda ham yaxshi o‘ynay oldi.

Zerikarli 0:0 hisobi
Birinchi taymda muhokama qilish uchun vaziyatlar kam bo‘ldi. Faqatgina Varan bilan jarima maydonchasi ichida sodir bo‘lgan 2 epizod. Yana VARning ishlash tizimiga juda ko‘plab savollar paydo bo‘ldi. Tushunarsiz holat, nima uchun hakamlar bu 2 epizodga e’tibor qaratishmadi? "Biz VAR bilan hech narsa qila olmaymiz. Biz bu o‘yinda bundan ko‘prog‘iga loyiq edik. Ammo o‘yin tugadi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi" dedi Zidan, o‘yindan keyin bergan intervyusida.

1. "Barselona"ning qarshi hujumlari va to‘pga egalik qilishdan voz kechishi
"Barselona" Kamp Nouda 52% to‘pga egalik qilishi kam uchraydigan holat. Bunday passiv o‘yinni Valverdedan hech kim kutmagan edi. Kataloniyaliklarning eng yaxshi hujumlari, qarshi hujumlardan keyin bo‘ldi. Messining uzoqdan tezkor paslari deyarli bo‘lmadi, keling biz bunga keyinroq to‘xtalib o‘tamiz.

"Barselona"ning maydon markazida ehtiyotkorona paslar uzatishi, Rakitichga 96% lik aniq uzatmalar berishni ta’minlab berdi. O‘yindan olingan umumiy taassurotlar: ajoyib paslar, ikki jamoada ham o‘rtacha 10 ta aniq pasga bitta noaniq pas.

2. Kazemironing o‘yinga ta’siri
O‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi deb La Liga talqiniga ko‘ra Kazemiro topildi. Marca nashrining so‘rovnomasida esa Federiko Valverde. Umuman olganda ikkala o‘yinchi ham ajoyib o‘yin namoyish etishdi. "Real" ushbu o‘yinda maydon markazida "Barselona"dan yaxshi ekanligini ko‘rsatdi. Oldingi el-klassikolarni eslaydigan bo‘lsak Messi deyarli barcha el-klassikolarda o‘yin taqdirini hal qiluvchi rolni o‘ynab kelgan, ammo bu o‘yinda uning yolg‘iz o‘zi o‘yin taqdirini hal qila olmasligiga ko‘pchilik amin bo‘lgan bo‘lsa kerak. "Real Madrid" o‘yinchilari Messiga deyarli imkon qoldirishmadi, faqatgina bitta imkoniyatdan tashqari va bu imkoniyat gol bilan yakunlanishiga bir bahya qoldi.

Kazemiro to‘pni 5 marotaba raqib futbolchilaridan olib qo‘ydi, bu "Barselona"ning har qanday yarimhimoyachisi ko‘rsatkichidan ko‘p. Valverde 93% aniq uzatma va darvoza tomon 3 ta aniq zarba berdi. Ikki futbolchi ham o‘yin taqdiriga ta’sir ko‘rsata olishdi.


3. Valverde ajoyib o‘yinchi
Ha, Federikoni yana bir necha marotaba maqtab o‘tamiz. "Uni fantastik kelajak kutib turibdi. Men uni birinchi marta ko‘rganimdayoq bilganman" dedi Oskar Tabares Valverde haqida. 21 yoshida "Oltin to‘p" sohibi Modrichni zahira o‘rindig‘ida qoldirdi, Modrich uchun esa, bu mavsum oxirgisi bo‘lishi ham mumkin.
Valverdening eng katta foydasi - jarima maydonchasi ichida to‘plarni olib qo‘yish bo‘ldi, u "Real Madrid" o‘yinchilari ichida eng ko‘p to‘pni jarima maydonchasi ichida olib qo‘ygan. Bu statistika bo‘yicha "Real Madrid" "Barselona"ni 10-5 hisobi bilan ortda qoldirdi.

4. Zidan va Valverdening o‘yinchilarni almashtirishi ish bermadi
O‘yinni faqatgina, barcha o‘yinchilar charchagan vaqtda maydonga zahiradan tushayotgan o‘yinchi, tubdan o‘zgartira olishi mumkin. Zidan hattoki Rodrigoni o‘yinning 80-daqiqasida maydonga tushirib o‘zi yoqtirgan 4-3-3 sxemasiga ham o‘tib ko‘rdi, ammo bu ish bermadi. Valverde Serji Roberto bilan o‘ynab ko‘rdi: o‘yinning boshida Roberto maydon markazida o‘ynadi, Samedu ketganidan keyin esa uning qanotida o‘ynadi, ammo bu samara bermadi.

5. Karvaxal va Beylning tandemi ish bermadi

Beyl va Karvaxal juftligidagi yagona vaziyat

O‘ng qanotda Beyl va Karvaxalning o‘zaro o‘yinlari foydasiz bo‘ldi. Birinchi taymda "Real Madrid" "Barselona" darvozasiga 12 marotaba zarba yo‘lladi. Bunday natija Kamp Nouda 16 yil ichida hali biror marta bo‘lmagan edi. Ammo Beyl va Karvaxal juftligi omadsiz bo‘ldi, xuddi ular birinchi marotaba maydonda bir-birlari bilan o‘ynayotgandek.

El-klassikolar tarixidagi eng yomoni
Jamoalarni bu o‘yinda ayblash noo‘rin. O‘yinning gollarga boy bo‘lmaganligi u yoqda tursin, gol umuman bo‘lmaganining sababi boshqa. "Real Madrid" va "Barselona" o‘yinlari oldingidek shiddatli kechishi uchun intriga bo‘lishi kerak. Pepe kabi jahl otiga tez minuvchi o‘yinchilar, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari Ronaldu va Messining to‘qnashuvlari, bir-birlari bilan kelisha olmasdan qizil kartochka olmagunicha maydonda bir-birlarini g‘ajigudek o‘ynaydigan o‘yinchilar, bu el-klasikoni qizg‘in o‘tishi uchun kamlik qildi.
Balki bunday sust o‘yinga Kataloniyadagi hozirgi vaziyat ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgandur. Nima bo‘lganda ham muxlislar el-klasikolar tarixidagi eng yomon o‘yinni ko‘rishdi.

Bo'lim: Umumiy yangiliklar | Просмотров: 57 | Joyladi: System | Teglar: sport yangiliklari, la liga, barca muxlislari, futbol xabarlari, barcelona, barcelona yangiliklari, elclasiko, el classico, real madrid, barclona muxlislari | Рейтинг: 5.0/2
Barcha izohlar: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:

Barcelona

Qidirish

Календарь
«  Dekabr 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Top admin
№ 1 - -KiNG_DiMA-JR-
Yangiliklari: 2381
Izohlari: 70
Lavozimi: Admin
№ 2 - Husanjon
Yangiliklari: 435
Izohlari: 115
Lavozimi: Admin
№ 3 - -FCB-KING-ONE-
Yangiliklari: 257
Izohlari: 283
Lavozimi: Aktiv
№ 4 - BEST_ADMIN
Yangiliklari: 42
Izohlari: 131
Lavozimi: Admin
№ 5 - Salih_fcb
Yangiliklari: 29
Izohlari: 66
Lavozimi: Aktiv

Copyright MyCorp © 2020